MAQOM XONANDALIGIDA OVOZNI YO‘LGA QO‘YISH JARAYONINI MILLIY OHANGLAR, NAMUD VA AVJLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI
Abstract
Mazkur maqolada maqom xonandaligi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ovozini yo‘lga qo‘yish jarayonini milliy musiqiy ohanglar, namud va avjlar asosida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. An’anaviy xonandalik ta’limida ovoz imkoniyatlarini rivojlantirish, kuylash nafasini shakllantirish, intonatsion aniqlikni ta’minlash va musiqiy tafakkurni takomillashtirishda maqom namunalaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, milliy ohanglar asosida ishlab chiqilgan legato, stakkato va vokaliz mashqlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, namud hamda avjlarning ijrochilik texnikasini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada maqom xonandalarining ovozini yo‘lga qo‘yishda milliy musiqiy materiallarga asoslangan bosqichli pedagogik yondashuv taklif etiladi.
Keywords
maqom xonandaligi, ovozni yo‘lga qo‘yish, milliy ohanglar, namud, avj, vokaliz, legato, stakkato, nafas texnikasi, ijrochilik mahorati, pedagogik samaradorlik.How to Cite
References
Ayubov Q. Ovozni yo‘lga qo‘yish. O‘quv qo‘llanma – Toshkent: “Miron art desing” nashiriyoti, 2025.
Ayubov Q. Maqom xonandalari ovozini yo‘lga qo‘yishning ba’zi muhim jihatlari. “Qoraqalpoq milliy musiqa san’atida zamonaviy interpretatsiya masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallar toʻplami. Nukus, 14-noyabr, 2024-yil. B.142-147.
Ayubov Q. An’anaviy xonandalikda ovoz yurgizish va ovoz sozlash mashqlarining metodik asoslari. Filologiya va pedagogika jurnali, 2026-yil. 12 (31)-son. B.114-116.
License
Copyright (c) 2026 Qobiljon Ayubov

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Art and Design: Social Science