SURXONDARYO VA QASHQADARYO VILOYATLARI AN’ANAVIY LIBOSLARINING QIYOSIY TAHLILI (XX ASR MISOLIDA)

Section: Articles Published Date: 2026-11-07 Pages: 111-118 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada XX asr davomida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida shakllangan an’anaviy liboslarning badiiy, konstruktiv hamda bezak xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki hududning tabiiy-geografik sharoiti, etnik tarkibi, urf-odatlari va tarixiy rivojlanish jarayonlari libos shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida o‘rganilgan. Surxondaryo va Qashqadaryo ayollar hamda erkaklar kiyimlarining bichimi, mato tanlovi, rang yechimlari va bezak elementlari tahlil qilinib, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlangan. Shuningdek, XX asrning birinchi va ikkinchi yarmida yuz bergan ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarning milliy kiyimlarga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari an’anaviy liboslarning hududiy xususiyatlarini aniqlash, milliy merosni saqlash hamda zamonaviy libos dizaynida undan samarali foydalanish imkoniyatlarini belgilashga xizmat qiladi.

Keywords

an’anaviy libos, milliy kiyim, Surxondaryo, Qashqadaryo, etnografiya, xalq amaliy san’ati, XX asr, kiyim dizayni, kashtachilik, bezak san’ati.