MILLIY MEROS IFODASI: O‘ZBEKISTON TASVIRIY SANʼAT GALEREYASI KOLLEKSIYASINING SHAKLLANISH JARAYONI
Abstract
Maqolada O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi kolleksiyasining shakllanish tarixi va uning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga kelish jarayoni tahlil qilinadi. Kolleksiyaning shakllanishi mustaqillikning dastlabki yillarida milliy tasviriy sanʼat namunalarini saqlab qolish, rassomlarni qo‘llab-quvvatlash va XX asr O‘zbekiston sanʼatining badiiy merosini tizimli ravishda jamlash zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan. Maqolada 1994 yilda Galereyani tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi, 1995 yildan boshlab kolleksiyani maqsadli shakllantirish, rassomlar ustaxonalarida asarlarni tanlash va xarid qilish, badiiy kengash faoliyati, ilmiy inventarizatsiya jarayonlari hamda to‘plamning keyingi muzeylashuv bosqichlari yoritiladi. Shuningdek, kolleksiya tarkibida XX asrning 20–40-yillaridan tortib mustaqillik davrigacha bo‘lgan O‘zbekiston tasviriy sanʼati taraqqiyotining turli bosqichlari aks etgani ko‘rsatiladi. Kolleksiyaning shakllanish tarixi milliy sanʼatning institutsional qo‘llab-quvvatlanishi va zamonaviy badiiy merosni saqlashning o‘ziga xos modeli sifatida baholanadi.
Keywords
O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi, Milliy bank, kolleksiya, muzey fondi, milliy meros, tasviriy sanʼat, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, mustaqillik davri sanʼati, kolleksionerlik, sanʼatshunoslik.How to Cite
References
O‘zbekiston Milliy banki Badiiy galereyasi kolleksiyasidan «100 ta asar» to‘plami. 1–7-jildlar (kataloglar).
«O‘zbekiston Milliy banki to‘plamidan saralangan asarlar» katalogi.
O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi arxivi. Galereyaning tashkil etilishi va dastlabki faoliyatiga oid hujjatlar. – Toshkent.
O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi arxivi. 1995–2000 yillarda kolleksiyani shakllantirish, asarlarni tanlash va xarid qilishga oid hujjatlar. – Toshkent.
O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi arxivi. Badiiy kengash bayonlari, asarlarni qabul qilish va xarid qilish materiallari. – Toshkent.
O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi arxivi. Kolleksiya asarlarining ilmiy kartochkalari va inventarizatsiya materiallari. – Toshkent.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki arxivi. Milliy bank kolleksiyasi va Galereya faoliyatiga oid hujjatlar. – Toshkent.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki. «Stranitsы zolotogo naslediya. Iz kolleksii Natsionalnogo banka» ko‘rgazmasi materiallari. – Toshkent, 2011. Milliy bankning rasmiy materiallarida kolleksiyaning mustaqillik yillarida, 1994 yildan boshlab shakllangani qayd etilgan.
Ilmiy adabiyotlar
Hakimov A. A. O‘zbekiston sanʼati tarixi: qadimgi davr, o‘rta asrlar, hozirgi zamon. – Toshkent: Zilol-buloq, 2022. – 528 b.
Ҳакимов А. А. История искусств Узбекистана. – Ташкент: Info Capital Group, 2018. – 416 с.
Ҳакимов А. А. Искусство Узбекистана: история и современность. – Ташкент, 2010.
Ҳакимов А. А. Новая узбекская живопись. – Ташкент: Издательство журнала «San’at», 2014.
Такташ Р. Х. Изобразительное искусство Узбекистана: вторая половина XIX в. – шестидесятые годы XX в. – Ташкент: Фан, 1972. – 280 с.
Abdullayev N. O‘zbekiston sanʼati tarixi. – Toshkent, 2007.
Oydinov N. O‘zbekiston tasviriy sanʼati tarixidan lavhalar. – Toshkent, 1997.
Egamberdiyev A. XX asr O‘zbekiston rangtasvirida kartina rivoji: Sanʼatshunoslik fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2009.
Umarova D. O‘zbekiston mustaqillik davri rangtasvirining asosiy tendensiyalari: Sanʼatshunoslik bo‘yicha PhD dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2019.
Пугаченкова Г. А., Ремпель Л. И. История искусств Узбекистана. – Москва: Искусство, 1965.
Ахмедова Н. Р., Мюнц М. В., Глазкова Н. И. ва бошқ. Урал Тансиқбаев: воспоминания, документы. – Ташкент, 1988.
O‘zbekiston sanʼati. Ilmiy to‘plam / A. A. Hakimov tahriri ostida. – Toshkent, 2001.
License
Copyright (c) 2026 Ruziyeva Saodat Anvarovna

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Art and Design: Social Science