ZAMONAVIY O‘ZBEKISTON KINO SAN’ATIDA BADIIY TENDENSIYALAR VA DRAMATURGIK MUAMMOLAR

Section: Articles Published Date: 2026-09-29 Pages: 68-76 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Tadqiqotning maqsadi 2024-2025-yillarda yaratilgan o‘zbek badiiy filmlari misolida milliy kinematografiyaning zamonaviy estetik va konseptual rivojlanish bosqichlarini aniqlash, sohadagi badiiy muammolar va yetakchi tendensiyalarni tahlil qilishdan iborat. Ishda xronologik, tizimli-struktur va qiyosiy tahlil usullari qo‘llanilib, tanlab olingan filmlarning kinodramaturgiyasi va badiiy yechimi o‘rganildi. Tadqiqot natijasida milliy kinoda janrlar xilma-xilligi ortgani, biroq ssenariy inqirozi va dramaturgik mantiqning sustligi saqlanib qolayotgani aniqlandi. Olingan xulosalar zamonaviy o‘zbek kinosida ssenaristlar mahoratini oshirish va raqamli media muhitida badiiy yaxlitlikni saqlab qolish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Keywords

badiiy film, obraz, qahramon, rejissyor, tendensiya, ssenariy muallifi, operator, janr, ijtimoiy tarmoq, remeyk muammosi.