XXI ASRDA VOKAL JANRINING YANGI TABIATI

Section: Articles Published Date: 2026-09-29 Pages: 23-27 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Ushbu maqolada XXI asr musiqiy madaniyati sharoitida vokal janri tushunchasining o‘zgarib borayotgan tabiati tahlil qilinadi. An’anaviy musiqashunoslikda janr asosan lad, metroritm, garmoniya, melodika, shakl, faktura va ijro xususiyatlari orqali tavsiflangan bo‘lsa, zamonaviy estrada va ommaviy musiqa amaliyotida mazkur mezonlar vokal asarning to‘liq tabiatini belgilash uchun еtarli emasligi asoslanadi. XXI asr vokal janri vokal ijro, sahnaviy performans, vizual muhit, saund, raqamli media, auditoriya munosabati va madaniy funksiyaning o‘zaro ta’sirida shakllanuvchi murakkab badiiy-madaniy hodisa sifatida qaraladi. Maqolada janrning musiqiy matn doirasidan chiqib, audiovizual, ijrochilik va mediaviy xususiyatlarni qamrab olish jarayoni yoritiladi. Bu yondashuv o‘zbek estradasidagi zamonaviy vokal jarayonlarni tushunish uchun ham muhim nazariy ahamiyatga ega.

Keywords

vokal janri, XXI asr musiqasi, estrada, vokal ijro, performans, vizual muhit, saund, raqamli media, auditoriya, madaniy funksiya, musiqiy janr, o‘zbek estradasi.