YANGI O‘ZBEKISTON MASSIVLARIDA RAQAMLI MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Section: Articles Published Date: 2026-08-01 Pages: 3-9 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Ushbu maqolada “Yangi O‘zbekiston” islohotlari sharoitida yangi qurilgan turar-joy massivlari (mikrorayon va mahallalar) misolida raqamli madaniyatning shakllanish jarayoni madaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli madaniyat tushunchasining nazariy-metodologik asoslari, uning tarkibiy komponentlari (raqamli savodxonlik, raqamli etika, axborot madaniyati) hamda mahalliy ijtimoiy-madaniy muhitga tatbiq etilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Rasmiy statistik ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va ilmiy adabiyotlar tahlili asosida massivlarda raqamli infratuzilmaning kengayishi, madaniyat muassasalarining raqamlashuvi hamda bu jarayonda yuzaga kelayotgan hududlararo va avlodlararo tafovutlar aniqlangan. Muallif raqamli va an’anaviy mahalla madaniyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan.

Keywords

raqamli madaniyat, Yangi O‘zbekiston, massiv, mahalla, madaniyatshunoslik, raqamli transformatsiya, raqamli savodxonlik, tarmoq jamiyati, madaniy identifikatsiya.