MARKAZIY OSIYO ME’MORIY MEROSINI MUHOFAZA QILISH VA MUZEYLASHTIRISHNING TARIXIY HAMDA ILMIY ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo me’moriy merosini muhofaza qilish va muzeylashtirishning tarixiy hamda ilmiy asoslari tahlil qilingan. Me’moriy yodgorlikarning fragmental bezaklari milliy me’morchilik an’analarini o‘rganishda muhim manba sifatida baholanib, ularning tarixiy va badiiy hususiyatlarini tiklashdagi ahamiyati yoritilgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi va Turkistonda madaniy merosni muhofaza qilish sohasida shakllangan huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar, shuningdek, sovet davrining dastlabki yillarida yodgorliklarni davlat ro‘yxatiga olish, muhofaza qilish va restavratsiya qilish tizimining shakllanishi ko‘rib chiqilgan. Turkomstaris hamda boshqa ilmiy muassasalarning faoliyati, arxeologik va me’moriy yodgorliklarni o‘rganish, hisobga olish va muzeylashtirish jarayonlaridagi o‘rni tahlil etilgan. Arxeologik germenevtika, fotogrammetriya, fotofiksatsiya va estampaj kabi ilmiy usullarning yodgorliklarni hujjatlashtirish va tadqiq etishda ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyoda madaniy merosni muhofaza qilish sohasida to‘plangan tajriba O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosni saqlash tizimining shakllanishi va rivojlanishida muhim omil bo‘lganini tasdiqlaydi.
Keywords
Markaziy Osiyo, me’moriy meros, muzeylashtirish, madaniy merosni muhofaza qilish, arxeologik germenevtika, fotogrammetriya, epigrafika, restavratsiya, tarixiy yodgorliklar, muzey fondlari.How to Cite
License
Copyright (c) 2026 Ziyayeva Rano Alimjanovna

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Art and Design: Social Science