MUZEY FAOLIYATIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH:MILLIY MADANIY MEROSNI MUHOFAZA QILISH VA RAQAMLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Section: Articles Published Date: 2026-06-06 Pages: 32-37 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Ushbu maqolada muzey ekspozitsiyalarini muhofaza qilish, noqonuniy kirishlarni oldini olish hamda tashrif buyuruvchilar oqimini tartibga solishda sun'iy intellektning ilmiy-amaliy imkoniyatlari keng tahlil qilingan. Maqolada avtomatlashtirilgan gid tizimlari, raqamli egizaklar, konvolyutsion neyron tarmoqlar asosidagi shikastlanishlarni aniqlash usullari va artefaktlar degradatsiyasini oldindan bashorat qilish metodlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, stilometrik tahlil, X-nurli flyuoressans spektroskopiyasi (XRF) va Raman spektroskopiyasidan foydalangan holda eksponatlarning haqiqiyligini aniqlashda sun'iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish istiqbollari bayon etilgan. Olib borilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, sun'iy intellektni muzey faoliyatiga joriy etish madaniy merosni saqlash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, an'anaviy usullarning cheklovchilarini bartaraf etadi va muzeylarni xalqaro standartlarga yaqinlashtiradi [2; 3].

Keywords

sun'iy intellekt, muzey ekspozitsiyasi, madaniy meros, artefakt autentifikatsiyasi, raqamli egizak, stilometrik tahlil, konvolyutsion neyron tarmoq, 3D modellashtirish, xavfsizlik tizimlari.