DOSTON KUY-NOMALARINI O‘RGATISHNING AMALIY ASOSLARI

Section: Articles Published Date: 2026-06-06 Pages: 90-94 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada Xorazm dostonchilik maktabida qo‘llaniladigan doston kuy-nomalarini o‘rgatishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Xorazm baxshichilik an’anasining o‘ziga xos ijroviy xususiyatlari, doston nomalarining musiqiy-estetik tabiati hamda ularning baxshi ijrochiligidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, “Noma boshi”, “Nolish”, “Qirq ming ilg‘or”, “Shirvoniy” turkumlari va boshqa nomalarni talabalarga o‘rgatishda qo‘llaniladigan ustoz-shogird an’anasi, takror va taqlid, musiqiy tahlil, ijodiy erkinlik kabi pedagogik metodlarning ahamiyati ochib berilgan. Maqolada talabalar ijro mahoratini shakllantirish, ritm va ohangni his qilish hamda sahna madaniyatini shakllantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida Xorazm dostonchilik maktabidagi doston nomalarini o‘rgatish milliy baxshichilik san’atining an’anaviy ijro usullarini saqlash va yosh avlodga еtkazishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.

Keywords

Xorazm dostonchilik maktabi, baxshichilik san’ati, doston nomalari,Ustoz-shogird an’anasi, ijro mahorati.