QASHQADARYO VOHASI MAVSUM -MAROSIM QО‘SHIQLARINING О‘ZIGA XOS POETIKASI

Section: Articles Published Date: 2026-06-06 Pages: 16-22 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada Qashqadaryo vohasi mavsumiy marosim qo‘shiqlari va dehqonchilik bilan bog‘liq folklor an’analari folklorshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Tadqiqotda xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy qatlamlaridan biri bo‘lgan marosim qo‘shiqlarining tarixiy ildizlari, ularning islomgacha bo‘lgan e’tiqodiy qarashlar bilan bog‘liqligi hamda keyingi davrlarda islomiy tasavvurlar bilan sintezi yoritiladi.

Matnda B.Sarimsoqov tomonidan taklif etilgan mavsumiy marosim folklorini tasniflash tizimi asos qilib olinib, Qashqadaryo hududiga xos dehqonchilik marosimlari va ular bilan bog‘liq qo‘shiq hamda aytimlarning funksional va poetik xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, Bobodehqon obrazi, uning xalq tasavvuridagi homiylik va baraka beruvchi ramziy mohiyati, shuningdek “Sust xotin” kabi yomg‘ir chaqirish marosimlarining ritual strukturalari va ijro shakllari keng yoritilgan.

Keywords

Qashqadaryo vohasi, mavsumiy marosimlar folklori, marosim qo‘shiqlari, Bobodehqon obrazi, Sust xotin marosimi, yomg‘ir chaqirish marosimiritual an’analar