MAQOM IJROCHILIGIDA OG‘ZAKI AN’ANA VA NOTALASHTIRISH MUAMMOSI: USTOZ–SHOGIRD TIZIMI VA AKADEMIK MODEL

Section: Articles Published Date: 2026-05-04 Pages: 50-55 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada maqom ijrochiligida og‘zaki an’ana va notalashtirish jarayoni o‘rtasidagi metodologik va estetik tafovutlar tahlil qilinadi. Ustoz–shogird tizimi va akademik ta’lim modeli qiyosiy asosda o‘rganilib, ularning ijro amaliyotiga, intonatsion xususiyatlarga hamda badihaviylik darajasiga ta’siri aniqlanadi. Tadqiqot natijalari og‘zaki an’ana maqomning mikrointonatsion va individual talqin jihatlarini saqlashda muhim omil ekanini, notalashtirish esa repertuarni tizimlashtirish va saqlash vazifasini bajarishini ko‘rsatadi. Maqola yakunida maqom ijrochiligini rivojlantirish uchun integrativ o‘qitish modelini ishlab chiqish zarurati asoslanadi.

Keywords

maqom ijrochiligi, og‘zaki an’ana, notalashtirish, ustoz–shogird tizimi, akademik model, badihaviylik, intonatsiya, Shashmaqom.