AMALIY SAN’AT, RANG TASVIR VA DIZAYN TA’LIM YO‘NALISHLARI TALABALARINI MULTIMEDIA ILOVALARIDAN FOYDALANIB O‘QITISH AFZALLIKLARI

Section: Articles Published Date: 2026-05-04 Pages: 2-8 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Ushbu maqolada amaliy san’at, rangtasvir va dizayn ta’lim yo‘nalishlari talabalarini o‘qitishda multimedia ilovalaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida multimedia vositalarining o‘rni ortib borayotgani, ayniqsa vizual san’at yo‘nalishlarida ularning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada multimedia ilovalari orqali o‘quv materiallarini vizual, eshitish va interaktiv shaklda yetkazish talabalarning ijodiy fikrlashi, tasavvur doirasi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, rangtasvir va dizayn fanlarini o‘qitishda grafik dasturlar, animatsiya va video materiallardan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishi, talabalarning fanlarga qiziqishini kuchaytirishi hamda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijasida multimedia ilovalari asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan samaraliroq ekani xulosa qilinadi.

Keywords

multimedia ilovalar, amaliy san’at, rangtasvir, dizayn ta’limi, interaktiv o‘qitish, vizual materiallar, ijodiy fikrlash, raqamli texnologiyalar, ta’lim samaradorligi, grafik dasturlar.