O‘ZBEK XALQINING QADIMIY TAQVIMIY QARASHLARI VA MAVSUMIY MAROSIMLARI

Section: Articles Published Date: 2026-04-02 Pages: 16-19 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining qadimiy taqvimiy qarashlari, mavsumiy marosimlari va ularning folklor hamda madaniy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda qadimgi manbalardan biri bo‘lgan Avestada qayd etilgan yil taqvimi va “gohanbor” marosimlari asosida ajdodlarimizning vaqtni hisoblash, tabiat hodisalarini kuzatish va ularga mos ravishda turmush tarzini tashkil etish an’analari yoritiladi. Shuningdek, xalq taqvimining turli shakllari – shamsiy va qamariy taqvimlar, chilla hisobi, yulduz hisobi, dehqon va chorva hisoblari kabi tizimlar haqida ilmiy qarashlar keltiriladi.

Maqolada bahor fasli bilan bog‘liq xalq sayillari, xususan Navro‘z bayrami arafasida o‘tkaziladigan “Boychechak sayli” marosimining kelib chiqishi, uning ramziy ma’nosi hamda xalq hayotidagi ahamiyati yoritilgan. Bundan tashqari, qurg‘oqchilik davrida o‘tkaziladigan “Sust xotin” yomg‘ir chaqirish marosimi va u bilan bog‘liq urf-odatlar ham folklor nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.

Keywords

marosim, udum, urf-odat, an’ana, etnologiya, folklor.