TEMATIK PARKLAR FENOMENI: MUZEY VA MADANIY TURIZM INTEGRATSIYASI

Section: Articles Published Date: 2026-02-27 Pages: 69-73 Views: 0 Downloads: 0

Authors

pdf

Abstract

Maqola XXI asrda muzeylar va madaniy institutlarda auditoriya talablari va kommunikatsion modellarning o‘zgarishi kontekstida tematik muzey parklarining ahamiyatini tahlil qiladi. “Edyuteynment” (education + entertainment) konsepsiyasi asosida muzey ekspozitsiyalari va ochiq havodagi park infratuzilmasi integratsiyasi orqali tashrif buyuruvchilarga immersiv va interaktiv tajriba taqdim etish mexanizmlari o‘rganilgan. Dean MacCannellning “sahnalashtirilgan autentiklik” nazariyasi hamda Sharon Macdonald va Tony Bennettning muzey institutining ijtimoiy, tarbiyaviy va identifikatsiya shakllantiruvchi funksiyalari ta’kidlangan. Maqolada tematik muzey parklari madaniy merosni saqlash, ta’limni ko‘ngilochar formatda amalga oshirish va turistik faollikni oshirishda innovatsion model sifatida ko‘rsatilgan. Illyustrativ misollar sifatida Isroilning Nazaret qishlog‘i, Qozog‘istonda Kazyna etnografik komplekslari va Qirg‘izistonda Rukh Ordo muzeylari keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda Tashkent City Parkdagi 7D kinoteatr va muzey elementlari muzeylashtirishning yangi formatlari sifatida tahlil qilingan. Maqola tematik muzey parklarining madaniy va turistik qadriyatlarni uyg‘unlashtirishda, tarixiy xotirani saqlash va zamonaviy auditoriya bilan muloqotda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Keywords

tematik muzey parki, edyuteynment, immersiv tajriba, muzeylashtirish, madaniy turizm, tarixi rekonstruksiya, auditoriya muloqoti.