TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYINING ILMIY KONSEPSIYASI TAYYORLANISHI TARIXI
Abstract
Maqolada Amir Temur va temuriylar nomi tiklanishi, ularning xolis tarixi yoritilishiga bo‘lgan zarurat, mazkur zaruratdan kelib chiqqan holda alohida muzey tashkil etish g‘oyasi yuzaga kelgani, bu g‘oyani nazariy asosi sifatida konsepsiya tayyorlangani haqida arxiv ma’lumotlari asosida ma’lumot beriladi. Tadqiqot ishining davriy qamrovi 1994-1996-yillardan iborat bo‘lib, muzey konsepsiyasi qay tartibda ishlab chiqilgani, uning mazmun-mohiyati, konsepsiya ishlab chiqilishida qaysi olimlar ishtirok etgani haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Maqola tarixshunoslik va arxivshunoslik yo‘nalishida yozlgan bo‘lib, unda Temuriylar tarixi davlat muzeyi va uning ekspozitsiyasi barpo etilishi nazariy asoslari tahlil etiladi hamda muzeyning O‘zbekiston va jahon muzeylari orasidagi o‘ziga xoslik jihatlari ta’kidlanadi. Shuningdek, muzey konsepsiyasi va ekspozitsiyasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirish mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar xususida taklif va tavsiyalar beriladi.
Keywords
Muzey, Amir Temur, temuriylar, konsepsiya, ekspozitsiya, mustaqillik, tarix, bino loyihasi.How to Cite
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1996-yilni “Amir Temur yili” deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi farmoni, 1995-yil 26-dekabr, PF-1333-son. Manba: https://lex.uz/docs/-276338
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori, 29.12.1994-yildagi 630-son. Manba: https://lex.uz/ru/docs/-2329020
Қурбонова Д. А. Хориж музейларида сақланаётган темурийлар даврига оид тарихий ва маданий ёдгорликлар. Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация. – Тошкент, 2009.
O‘z MA, Fond M-37, ro‘yxat-1, 1323-yig‘ma jild, 186-varaq.
O‘zbekiston MA, M-37-fond, 1-ro‘yxat, 1323-yig‘ma jild, 211-varaq.
O‘zbekiston MA, M-37-fond, 1-ro‘yxat, 1323-yig‘ma jild, 205-210-varaqlar.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi arxiv materiallari.
License
Copyright (c) 2026 SocioScience SocioScience; Komiljon Alimdjanovich Yunusov

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Art and Design: Social Science