O‘zbekistonda prodyuserlik faoliyati shakllanishining milliy xususiyatlari

Section: Articles Published Date: 2025-11-30 Pages: 89-95 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

Maqolada O‘zbekistonda prodyuserlik faoliyatining shakllanish jarayoni, uning tarixiy bosqichlari va milliy xususiyatlari tahlil etilgan. Mustaqillik davrida amalga oshirilgan siyosiy hamda madaniy islohotlar natijasida san’at va madaniyat sohasida bozor mexanizmlariga mos yangi boshqaruv tizimi — prodyuserlik instituti yuzaga keldi. Ushbu institut ijodiy g‘oyalarni ishlab chiqish, moliyalashtirish va ommalashtirish jarayonlarini tizimli tashkil etish orqali san’at industriyasining ajralmas qismiga aylandi. Tadqiqotda “Uzbekistan club” xalqaro tashkiloti misolida prodyuserlik faoliyatining turizm, nashriyot va kontsert-shou sohalarida rivojlanish dinamikasi hamda uning madaniy integratsiyadagi o‘rni yoritilgan.

Keywords

Prodyuserlik faoliyati, milliy model, san’at menejmenti, madaniyat industriyasi, ijodiy iqtisodiyot, madaniy islohotlar, bozor mexanizmlari, ijodiy boshqaruv, “Uzbekistan club”, O‘zbekiston madaniyati.