NOMODDIY MADANIY MEROSDA FOLKLOR AN’ANASI

Section: Articles Published Date: 2025-11-30 Pages: 85-88 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

Maqolada O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi va folklorning turli janrlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tadqiq etilgan. Nomoddiy madaniy meros xalq ijodi san’ati bilan uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi va YUNESKO tashkiloti tomonidan alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqotda Samarqand viloyati Nurobod tumanida istiqomat qiluvchi Hikmat baxshi Mamarahim o‘g‘lidan yozib olingan "Nay navosi" afsonasi tahlil qilingan. Maqolada kichik epik janr bo‘lgan afsona syujetining baxshining improvizatsiya san’ati vositasida doston janriga aylantirilish jarayoni ko‘rsatib o‘tilgan. Afsonaning syujeti, motivlari, obrazlari va kompozitsion tuzilishi, shuningdek, baxshichilik an’analari, ijro va badihago‘ylik san’ati tahlil qilinadi. Tadqiqot epik janrlarning genetik ildizlarining umumiyligini va bir janrdan ikkinchisiga transformatsiya jarayonini ko‘rsatadi. Maqola nomoddiy madaniy merosning saqlanishi va rivojlanishida baxshilar rolini ochib beradi.

Keywords

Nomoddiy madaniy meros, folklor janrlari, Nay navosi afsonasi, baxshichilik san’ati, improvizatsiya, doston, epik janrlar transformatsiyasi, Nurobod, xalq og‘zaki ijodi, YUNESKO.