MAVSUM-MAROSIM QO‘SHIQLARI TAHLILI

Section: Articles Published Date: 2025-06-22 Pages: 1-5 Views: 0 Downloads: 0

Authors

PDF

Abstract

Xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy merosi sifatida vujudga kelgan marosimlar uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tib, xalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Marosimlar o‘zida xalqning asriy an’analari, turmush tarzi, mentaliteti, qolaversa, g‘oya va qarashlarini bevosita aks ettiruvchi voqelik sifatida gavdalanar ekan unda xalq turmushining etnik va estetik jihatlari o‘z ifodasini topadi. Ushbu marosimlar tarkibining verbal qismini tashkil etuvchi qo‘shiqlar esa marosim qo‘shiqlari hisoblanadi.  Ushbu maqolada mavsumiy marosimlar va ularda kuylanuvchi qo‘shiq va aytimlarning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy tahlil etilgan.

Keywords

Marosim, mavsum, qo‘shiq, folklor, o‘lan, xalq, an’ana, urf-odat, ma’naviyat, Navro‘z.